O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari: X.I.Primuxamedova (Markaz sud kimyo bo‘limi mudiri), Sh.E. Yusupova (Markaz sud gistologiya bo‘limi yetakchi mutaxassisi, t.f.n.) va B.B. Baxtiyarov (Markaz tibbiy kriminalistika bo‘limi eksperti) 2023 yil 26-27 oktyabr kunlari Markazning Jizzax filiali va uning tuman bo‘linmalariga tashrif buyurishdi.
