Avval xabar berganimizdek, 2026-yil 2–4-aprel kunlari Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. Ro‘ziyev Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlarning sud-ekspertiza muassasalari o‘rtasida “Turkiy sud ekspertiza tarmog‘i (TSET)”ni tashkil etish bo‘yicha Anglashuv memorandumi loyihasini imzoladi.
✅Mazkur anglashuv memorandumi doirasida Markazga Qirg‘iziston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari tashrif buyurdi.
➡️Tashrifning asosiy maqsadi ikki davlat o‘rtasida sud-ekspert kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish, jinoyatlarni fosh etishda zamonaviy ekspert texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda davlatlararo sud-tibbiy ekspertiza soxasidagi xamkorlikni yanada mustaxkamlash.
➡️Hamkorlik doirasida kadrlar almashinuvi, mutaxassislar malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, yangi turdagi ekspertiza yo‘nalishlarini birgalikda joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
➡️huningdek, sud-tibbiy ekspertiza faoliyatiga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda tajriba almashinuvini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
➡️Bundan tashqari, zarur hollarda murakkab ekspertiza holatlarini ko‘rib chiqishda mustaqil ekspertlarni jalb etish, xolislik va shaffoflikni ta’minlash masalalari bo‘yicha ham o‘zaro kelishuvga erishildi.
✈️Mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasida sud-tibbiy ekspertiza sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va uni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.





