Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro viloyatida, Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot institutida “Yilning eng yaxshi laboranti – 2026” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi tantanali ravishda boshlandi. Mazkur tanlov laboratoriya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Tanlovning ochilish marosimida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Ro‘ziyev Sh.I. hamda institut rektori Teshayev Sh.J. ishtirok etib, tadbirni rasman ochib berdilar. Ular o‘z nutqlarida laboratoriya mutaxassislarining sog‘liqni saqlash tizimidagi muhim o‘rni, ularning mas’uliyatli va sharafli mehnatini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
➡️Shuningdek, rahbarlar barcha ishtirokchilarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat tilab, ularning bilim va ko‘nikmalari yuksak baholanishiga ishonch bildirdilar. Ta’kidlanganidek, ushbu tanlov nafaqat eng yaxshi laborantni aniqlash, balki mutaxassislar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘zaro tajriba almashish va kasbiy rivojlanishga xizmat qiladi.
🏆Tanlov davomida ishtirokchilar nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy mahoratlari bo‘yicha bir qator shartlar asosida sinovdan o‘tkaziladi. Yakunda esa eng munosib ishtirokchilar aniqlanib, munosib rag‘batlantiriladi.
