9-may — Xotira va qadrlash kuni

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sog‘liqni saqlash tizimida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan fidoyi xodimlar munosib rag‘batlantirilmoqda.
✅Shu munosabat bilan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Jizzax viloyati filialida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib kelayotgan sud-tibbiy eksperti Jalov Abdurashid sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, kasbiy mahorati hamda tizim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

✅Mazkur e’tirof ustoz-shogird an’analarini davom ettirib, yosh mutaxassislarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan tajribali mutaxassisning mehnatiga bildirilgan yuksak hurmat va ehtirom namunasi bo‘ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan