Sud-tibbiy ekspertlik faoliyatini rivojlantirishda yangi qadam (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4836)
Senatning yalpi majlisida qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini izchil isloh etish hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat – “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Sud ekspertizasi xulosalarining ilmiy asoslanganligi va ishonchliligi sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinishi uchun muhim shart hisoblanadi.
Oxirgi yillarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birgalikda ayrim o‘z yechimini kutayotgan masalalar ham mavjudligi senatorlar tomonidan alohida qayd etildi.
Ushbu Qonun amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, sohadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Unda:
Sud-ekspertlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat (shu jumladan tergovga qadar tekshiruv materiallari), ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud ekspertizasini o‘tkazish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra shartnoma asosida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati hamda xizmat tekshiruvi doirasidagi so‘rovnomalarga muvofiq sud ekspertizasi turlari bo‘yicha sud-ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish;
sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, o‘tkazish va ularning samaradorligini oshirish;
sud ekspertizasini ilmiy-uslubiy va axborot bilan ta’minlashni tashkil etish hamda amalga oshirish;
sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini hamda huquqiy bilimlarini oshirish;
sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlik qilish.
Sud ekspertining mustaqilligi prinsipi
Sud eksperti sud ekspertizasini o‘tkazishda sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan), taraflardan va ishning natijasidan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslardan mustaqildir. Sud eksperti o‘zining maxsus bilimlariga muvofiq o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib xulosa beradi.
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs), shuningdek boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taraflardan birortasining yoki ishning natijasidan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslarning foydasini ko‘zlab xulosa olish maqsadida sud ekspertiga ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sud ekspertiga ta’sir ko‘rsatishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
shuningdek;
advokatning so‘roviga asosan hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida davlat va nodavlat sud ekspertlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish tartiblari nazarda tutilmoqda;
– sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlari joriy etilmoqda;
– sud-ekspertiza muassasalari (tashkilotlari), sud-ekspertiza tadqiqotlarida foydalaniladigan uslubiyotlar ro‘yxatining davlat reestrini yuritish yo‘lga qo‘yilmoqda;
– davlat sud-ekspertiza muassasalari ekspertlari hamda nodavlat sud ekspertlari faoliyati yuzasidan ekspert-malaka komissiyalari tuzilmoqda;
– sud ekspertlarining kasb-etika qoidalari va ekspertizani o‘tkazishga doir cheklovlar joriy qilinmoqda (ekspertning yaqin qarindoshi, nodavlat ekspertiza muassasasi mulkdori bo‘lsa va b.);
– Vazirlar Mahkamasi hamda vakolatli davlat organi sifatida Adliya vazirligining sud-ekspertlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilmoqda;
– nodavlat sud ekspertlarini birlashtiruvchi, ularga yaqindan ko‘maklashuvchi Sud ekspertlari palatasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda;
– sud ekspertizasini chet davlatning sud ekspertlarini jalb qilish orqali o‘tkazish mexanizmlari belgilab berilmoqda.
Ushbu yangi qonunda sud ekspertining mustaqiligi prinsiplari xam qatiy belgilab qo’yilmoqda;
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi.

Senatning yalpi majlisida qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini izchil isloh etish hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat – “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi