Hurmatli ilmiy rahbarlar,
mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlaringiz diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori (https://lex.uz/docs/-3213410) talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirishga start berildi.
Hujjatlar 15-apreldan 15-may sanasiga qadar (joriy yil) qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.