2024 yil 9-10 sentabr kunlari Urganch shahrida «Sud-tibbiy ekspertiza va kriminalistikaning dolzarb masalalari» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi. Unda Rossiya Federasiyasi, Qirg’iziston va Kozoxston Respublikasi tibbiy oliygoxlaridan sud-tibbiyot ekspertizasi kafedralari 12 nafar taniqli olimlar ishtirok etmoqda.

Konferentsiyada jasadlarni, tirik odamlarni sud-tibbiy ekspertizasi, laboratoriya tadqiqotlari, xususan molekulyar genetik tekshiruvlar masalalarini muhokama qilishga bag’ishlangan. O’lim vaqtini aniqlash, sud-tibbiy travmatologiya, shuningdek, ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini tashkil etish bilan bog’liq masalalar o’z aksini topgan.

Anjumanda mamlakatimiz olimlari va sud-tibbiyot ekspertlari tomonidan sud-travmatologiya, tibbiy kriminalistika, toksikologiya muammolari, tibbiyot xodimlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlarida o’tkaziladigan ekspertiza masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglanadi. Shuningdek, to’satdan o’lim holatlarida sud-tibbiy ekspertiza o’tkazish masalalari ham muhokama qilingan.
