🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining “Analitik va farmatsevtik kimyo” kafedrasi jamoasi tashabbusi bilan bugun “Giyohvandlik vositalari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish”mavzusida tadbir tashkil etildi.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining “Analitik va farmatsevtik kimyo” kafedrasi jamoasi tashabbusi bilan bugun “Giyohvandlik vositalari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish”mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni rektor maslahatchisi Z.M.Obilov ochib berdi va mavzuni to‘la qonli ochib berish uchun taklif etilgan mehmonlarni tanishtirdi.

Shundan so‘ng, Bojxona institutining «Bojxona ekspertiza va tovarlarni tasniflash» kafedrasi professori, t.f.d., professor Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich so‘z olib “Giyohvandlik vositalari, prekursorlar va dori vositalarining turlari, aniqlash usullari va bojxonada rasmiylashtirish tartibi” mavzusida ma’ruza qildi.

RSTEIAM Sud-kimyo bo’limi mudiri, 1-toifali kimyogar-ekspert Primuhamedova Hilola Inoyevna yig‘ilganlarga “Giyohvand moddalarining zamonaviy tendensiyasilari” mavzusidagi taqdimotni namoyish qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan