Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Andijon viloyat filiali olib borilayotgan ishlar bilan tanishish .

24.01.2025 yil kungi RSTEIAM AF olib borilayotgan ishlar bilan tanishish munosabati bilan RSTEIAM boshligʻi Sh.I.Roʻziev tashrifi chogʻida ADTI rektori M.M.Madazimov bilan uchrashuv vaqtida sud tibbiy ekspertlarni attestasiyadan oʻtkazish boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishildi. 27.01.2025 yil kuni ADTI oʻquv

ishlari boʻyicha prorektor B.R.Abdullajonov, AKT boʻyicha prorektori J.A.Johongirovlar bilan uchrashildi. Test sinovlari oʻtkazilish tartibi va testlar toʻplamiga qoʻyilgan talablar boʻyicha AKT boʻyicha prorektori J.A.Johongirov va ADTI test markazi direktori B.Raxmonovlar tushunchalar berishdi va test tuzish tartibi boʻyicha yoʻriqnomalarni elektron tarzda taqdim qilishdi. ADTI jamoasi RSTEIAM bilan xamkorlikda ish olib borilishiga tayyor ekanligini bildirishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan