Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I.Ro‘ziyev Tojikiston respublikasi sud-tibbiy ekspertizasi markazi bilan hamkorlik.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I.Ro‘ziyev Tojikiston respublikasi sud-tibbiy ekspertizasi markazining taklifiga binoan joriy yilning 11-15 fevral kunlari Tojikiston respublikasiga o‘zaro ilmiy-amaliy hamkorlik memorandumini imzolash uchun tashrif buyurishi kutilmoqda.Ushbu anglashinuv doirasida Tojikiston respublikasining sud-tibbiy ekspertlarini RSTEIAM da malaka oshirishlari,qayta tayyorlovdan o‘tishlari shuningdek ilmiy izlanishlar olib borishlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

 
Ma’lumot uchun markaz direktori Sh.I.Ro‘ziyev bir necha yillardan buyon Tojikiston respublikasi sud-tibbiy ekspertizasi markazi,Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston tibbiyot instituti,Tojikiston respublikasi diplomdan keyingi tibbiy ta’lim institutlari bilan o‘zaro ilmiy hamkorlik qilib keladi.Ushbu tashrifda markaz direktoriga Umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.S.Turonov va AKT bo‘limi boshlig‘i U.L.Lapasovlar hamroxlik qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan