Hamkorlik

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori professor Sh.I.Ro’ziyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxorodagi Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrif buyurdilar, rektor S.S.Dexkanov bilan uchrashdilar. Instituti bilan o’zaro ilmiy-amaliy hamkorlik tashkil etish va uni yo’lga qo’yish istiqbollari muhokama qilindi.Ushbu universitet bilan qiymati 2 milliard so’mlik ilmiy va innovatsion loyihani Buxoro filiali bilan hamkorlik qilish uchun kelishib olindi.Ushbu loyiha mart oyidan amaliyotga tadbiq etiladi.Shuningdek markaz va universitet o’rtasida kadrlar almashinuvini o’quv-uslubiy va ilmiy konferensiyalar tashkil qilish va ekspertizaga tadbiq etishga kelishib olindi. O’zaro imzolangan memorandum asosida viloyat fillialining xozirgi binosida ma’ruzalar zali va o’quv amaliyot xonalarini tamirlash va ularni eng so’ngi axborot texnologiyalari jixozlari bilan jixozlashni boshlab yuborildi.

 
 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan