Hamkorlik.

13.02.2025 yil Tashrifning ikkinchi kuni aylana stol atrofida har ikkala mamlakat ekspertizalarining tashkiliy-huquqiy, ilmiy-amaliy asoslari muhokama qilinib, kadrlar salohiyati va ularning malakasini oshirishi bo’yicha O’zbekiston respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining imkoniyatlari o’rganildi.
Davra suhbati yakunida beshta yo’nalishlar bo’yicha:Sud-tibbiy gistologiya,Sud-tibbiy kimyo,Sud-tibbiy kriminalistika,Sud-tibbiy biologiya va murakkab ekspertizalar bo’yicha o’zaro pullik kelishuv asosida qisqa muddatli (36 soatlik) malaka oshirish kurslarini amalga oshirish bo’yicha kelishuvga erishildi.
Tojikiston respublikasi sud-tibbiy ekspertiza markazining taklifiga binoan umumiy qiymati 10 ming AQSH dollariga teng oltita ilmiy loyiha amalga oshirilishiga kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan