Joriy yilning 21 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Harbiy prokuratura organlari
tergovchilarining bilim mahorati va malakasini oshirish bo’yicha o’quv-mashg’ulotlari o’tkazish rejasiga muvofiq “Tergov poligoni” bazasida turli mavzularda amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. Amaliy mashg’ulotda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy Markazi mutaxassisi tomonidan, hodisa joyida murdani ko’zdan kechirish, ashyoviy dalillarni topish va yig’ib olish, hamda qadoqlash amaliyoti ko’rsatib berildi.
