Joriy yilning 1 aprel kun RSTEIAMga Tojikiston respublikasi sud-tibbiy ekspertiza markazi direktori Sh.A.Abdukarimzoda boshchiligidagi bir guruh ekspertlar tashrif buyurishdi. Tashrifning birinchi kunida RSTEIAM direktori professor Sh.I.Ro’ziyev bilan uchrashib, o’zaro imzolangan anglashinuv memorandumi doirasida bajaralishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan suhbatlashishdi.
