Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODS) mintaqaviy vakilining tashrifi.

Joriy yilining 22 aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODS) mintaqaviy vakilining yangi tayinlangan o‘rinbosari
🔹Aleksandr Fedulov, boshqarma mutaxassisi Mirzohid Sultanovlar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurishdi.
Boshqarma homiyligida “O‘zbekiston respublikasi sud ekspertizasi muassasalari salohiyatini kuchaytirish” loyihasining III-bosqichida Markaz sud-kimyo bo‘limiga giyohvand, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalarni biologik namunalarda aniqlash uchun
🔹2 mlrd so‘m evaziga zamonaviy mass-selektiv detektorli xromatograf olinishi mo‘ljallandi. Sud kimyo bo‘limining boshqarmaning Laboratoriyasi tomonidan tashkil etiladigan Xalqaro hamkorlik mashqlari (ISE)da biologik namunalar guruhidagi ishtiroki va kelajakdagi hamkorlik ishlari muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan