📌Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Buxoro sud-tibbiy ekspertiza markazida bo‘ldi

🟢Bugun Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari va uning o‘rinbosarlari Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filialida bo‘lishdi. Tashrif davomida ular markazda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud texnik imkoniyatlar hamda olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.

🟢Markaz faoliyati bilan tanishuv chog‘ida boshqarma rahbari Elyor Oltiyev xodimlar bilan suhbatlashdi va amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

🟢Tashrif doirasida Elyor Oltiyev Buxoro davlat tibbiyot instituti kafedrasida ham bo‘lib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ular bilan sohaga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi, yosh mutaxassislar tayyorlashda sifat va mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Shuningdek, kelgusida Buxoro filialining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida yangi bino qurilishi rejalashtirilgan. Bu esa nafaqat tibbiy-ekspertiza xizmatining sifati oshishiga, balki xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarining yaratilishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan