Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida “Davlat sud ekspertlik attestatsiyasi” o‘tkazilishi haqida
2025 yil 19-iyun kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallari rahbarlari tomonidan nizom talablariga muvofiq, sud-tibbiyot sohasi ekspertlarining yuqori malaka va kasb darajasini oshirish maqsadida Davlat sud ekspertlik attestatsiyasi o‘tkazildi.
Ushbu attestatsiya jarayonida davlat sud eksperti sifatida faoliyat yuritishga loyiq bo‘lgan, yuqori malakaga ega, tashabbuskor, mas’uliyatli hamda qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarishga qodir mutaxassislar imtihondan o‘tishdi.
Attestatsiyaning asosiy maqsadi — sud-tibbiy ekspertlik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, ularning professional darajasini oshirish hamda sud ekspertizasi sifatini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
