Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev Angren xususiy universiteti rahbariyatining taklifiga binoan ushbu oliy ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quv, uslubiy, ilmiy va amaliy yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza sohasi bo‘yicha zamonaviy bilim va tajribalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida tomonlar kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, amaliyot tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Tashrif doirasida universitetda professor Sh.I. Ro‘ziyev ishtirokida davra suhbati hamda sud-tibbiy ekspertiza sohasiga oid ma’ruzalar o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Mazkur tashrif ikki muassasa o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam poydevorini yaratdi.
