Joriy yilning 9-11 iyul kunlariga mo’ljallangan Markazning Sirdaryo viloyat filialida kompleks o’rganish rejalashtirilgan:
✅Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I. Ro’ziyev boshchiligida direktor o‘rinbosarlari, bo’lim boshliqlari,yuriskonsult va kadrlar bo‘limi xodimlari hamda ishchi guruhi tarkibidagi mutaxassislar tomonidan kompleks o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
✅Mazkur o‘rganishdan ko’zlangan asosiy maqsad viloyat filialining ish faoliyatini tanqidiy-tahlil qilish va ijro intizomini o’rganish ekspertiza xulosalarining shaffofligi ilmiy asoslanganligini baholash, filial rahbari va xodimlar o’rtasida korrupsion holatlarni oldini olish,manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik,aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaliy-uslubiy ko’mak berish rejalashtirilgan.
✅Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan,shuningdek filialning moddiy texnik bazasini yaxshilash,kadrlarga bo’lgan extiyojini qondirish maqsadida qisqa va uzoq muddatlarga mo’ljalangan aniq takliflarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritilishi rejalashtirilgan.
