X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida “E-ekspertiza” tizimi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2025-yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–270-sonli qarori e’lon qilingan edi. Mazkur qaror ijrosi doirasida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda sud-ekspertlik sohasini raqamlashtirish, xususan, “E-ekspertiza” axborot tizimini joriy etish, ushbu tizimni davlat sud-ekspertiza muassasalarining amaliyotiga to‘liq tatbiq etish va uni sud-tergov organlarining yagona axborot tizimlariga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida voqea joyini kuzatish, dalillarni to‘g‘ri saqlash, shuningdek, ekspertiza jarayonlarida uchraydigan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashildi.
Mutaxassislar bu sohalarda strategik qarorlarni samarali amalga oshirish, tizimli yondashuvni ta’minlash hamda amaliyotdagi muhim jihatlarni kuchaytirish uchun barcha tegishli tuzilmalar o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishi zarurligini ta’kidladilar.
•. Rabiyev Sherzod Mirjalilovich Adliya vaziri o’rinbosari
• Xalilov Akram Utamurodovich – X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori
• Roziyev Sherzod Ibadullayevich – Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori
• Nuriddinov Saidolim Saidkamol o‘g‘li – Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i va soha vakilari ishtirok etdi.

Bu tadbir, sohada yuzaga kelgan muammolarni hal etish va kelgusida yanada samarali ish yuritishni ta’minlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan