Sog‘liqni saqlash vazirligining topshirig‘iga muvofiq, hududlarda aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ayrim kasallanish holatlarining o‘sish sabablari bo‘yicha tahlillar olib borish, profilaktik choralarni kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish, aholida kasallanish xavfini kamaytirish hamda kasalliklarni erta aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, t.f.d., professor Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganish davomida Ko’kand Univeritet Andijon filiali rektori Kuvatov Juratbek Dilshodbekovich bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida quyidagilar bo‘yicha kelishuvga erishildi:
✈️filial ehtiyojlari uchun homiylik asosida yangi bino qurib berishga kelishib olindi;
✈️shuningdek filiali uchun 1 dona GH/MS xromatamas aparati sovg’a qilindi;
✈️Kelajakda o’zaro ilmiy-amaliy xamkorlik qilishga qo’shma xalqaro konferensiyalar va o’quv seminarlarini o’tkazishga kelishib olindi
✈️Ushbu tashabbus Markazning Andijon filiali hamda uning tarkibidagi tuman sud-tibbiy ekspertiza punktlarida ekspertiza o‘tkazish sharoitlarini tubdan yaxshilash, xodimlar uchun qulay va zamonaviy mehnat muhitini yaratish, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
