Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xodimlari o‘rtasida “Konstitutsiya – erkin va adolatli hayot poydevori” shiori ostida ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoniga asosan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xodimlari o‘rtasida “Konstitutsiya – erkin va adolatli hayot poydevori” shiori ostida ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi.

💠Ushbu tadbir markaz jamoasida huquqiy madaniyatni oshirish, Konstitutsiyaning jamiyatimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini yana-da yoritish, xodimlarda Vatanga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratildi

💠Tadbir doirasida markazning barcha bo‘limlari faol ishtirok etib, taqdim etilgan plakatlar, bannerlar va turli ko‘rinishdagi axborot-targ‘ibot materiallari orqali asosiy qonunimizda belgilanagan demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari, fuqarolik jamiyati tamoyillarini yoritib berishdi.
Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan ishlanmalarda Konstitutsiyaning tarixiy ahamiyati, uning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni, inson qadriyatini yuksaltirishdagi roli ijodiy yondashuv orqali aks ettirildi.
Bo‘limlar o‘rtasidagi raqobat muhiti xodimlarning bilim va iste’dodini namoyon etishga, jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir yakunida eng faol va yuqori darajada tayyorlangan ishlanma egalari markaz rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
✈️O‘tkazilgan ma’rifiy tadbir jamoa hayotida muhim ahamiyat kasb etib, xodimlar o‘rtasida Konstitutsiyaga hurmat, qonun ustuvorligi va fuqarolik mas’uliyatini yana-da kuchaytirishga xizmat qildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan