O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi PF–207-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi”ning 29-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida navbatdagi targ‘ibot va profilaktika tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sud-kimyo bo‘limi mudiri X.I. Primuxamedova tomonidan “Giyohvand moddalarining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida ma’ruza o‘qildi.
➡️Ma’ruza davomida talabalarga giyohvand moddalarining turlari, ularning yangi avlod namunalari, tarqalishning zamonaviy usullari, internet orqali tarqatilayotgan xavfli moddalar va ularning oqibatlari haqida atroflicha tushuncha berildi. ➡️Shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurashishda sud-kimyo sohasining o‘rni, ekspertlik tekshiruvlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik masalalari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
➡️Tadbirda talabalar giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat xavfsizligi va yoshlar kelajagiga ta’siri haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar. Ushbu uchrashuv yosh avlodning huquqiy va tibbiy xabardorligini oshirish, ularda zararli illatlarga qarshi mustahkam munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.

“Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi”