Hamkorlik doirasida bir qator istiqbolli qo‘shma tashabbuslar belgilab olindi

Tashrif davomida Tatariston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertizasi byurosi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Hamkorlik doirasida bir qator istiqbolli qo‘shma tashabbuslar belgilab olindi.

2026 yil yanvar oyida Samarqand shahrida virtual autopsiya bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu seminar sud-tibbiy ekspertiza jarayonlariga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish, xodimlar malakasini oshirish hamda xalqaro tajriba almashuvini kengaytirishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.

🔘Shuningdek, Markazda tashkil etilgan “Sud tibbiyotida yangi kun” jurnali xalqaro maqomga ega bo‘lgani ta’kidlandi. Tatariston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertizasi byurosi jurnalni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish va uni xalqaro ilmiy axborot maydoniga olib chiqish jarayonida faol hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

🔘Bundan tashqari, 2026 yildan boshlab sud gistologiyasi, sud biologiyasi va sud kimyosi bo‘limlari ekspertlarining Kazan shahrida malaka oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🔘Shu bilan birga, DNK yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ham ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan