Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamda uning hududiy filiallari bosh hamshiralari va kasaba uyushmalari raislari ishtirokida 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Markaz va hududiy filiallar faoliyatini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi. Shuningdek, 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va kasbiy rivojlanishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar tomonidan ma’lumotlar berildi.
Yig‘ilishning muhim masalalaridan biri sifatida “Yilning eng yaxshi laboranti – 2026” respublika ko‘rik-tanlovini keng miqyosda, ochiq va shaffof tarzda o‘tkazish rejalari muhokama qilindi. Tanlovni tashkil etish mexanizmlari, baholash mezonlari, ishtirokchilarni saralash tartibi hamda g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
➡️Mazkur ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad sud-tibbiy ekspertiza tizimida faoliyat yuritayotgan laborantlarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, fidokor va mas’uliyatli xodimlarni aniqlash hamda ularning mehnatini munosib qadrlashdan iborat.
➡️Yig‘ilish yakunida bildirilgan takliflar asosida tegishli vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.


