Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida “E-ekspertiza” axborot tizimi test rejimida ishga tushirlidi

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida “E-ekspertiza” axborot tizimi test rejimida ishga tushirlidi
✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–270-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida Adliya vazirligi mas’ullari bilan hamkorlikda “E-ekspertiza” axborot tizimini joriy etish bo‘yicha test rejimidagi ishlar olib borilmoqda.
Mazkur axborot tizimi Markazning tegishli bo‘limlariga o‘rnatilib, sud-tibbiy ekspertiza jarayonlarini raqamlashtirish, hujjat aylanishini elektron shaklga o‘tkazish, ekspertiza materiallarini tezkor va shaffof yuritish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
Test jarayonida tizimning funksional imkoniyatlari, ma’lumotlar almashinuvi, axborot xavfsizligi hamda amaliyotda qo‘llash qulayligi sinovdan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

➡️Mazkur tizimni kelgusida bosqichma-bosqich Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining barcha viloyat filiallariga joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari samaradorligini oshirish, ish jarayonlarini optimallashtirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan