Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazining katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Aslbek Xudayarov hamda AQSh elchisi ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi rahbariyati va markaz xodimlari bevosita, viloyatlardagi sud-tibbiy ekspertiza muassasalari xodimlari esa Zoom platformasi orqali ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida sud-tibbiy ekspertiza tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.




