Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi direktori Sh.I. Ruziyev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda PQ–270-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil iyun oyida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining 9 nafar sud ekspertini Rossiya Federatsiyasining Tver davlat institutida malaka oshirishga yuborish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur maqsadlar uchun 100 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi kelishib olindi.





