Qoraqalpog‘iston Tibbiyot instituti rektori Xalimov Olimbay Ashirbayevich bilan uchrashuvi

🌐 Sog‘liqni saqlash vazirligining topshirig‘iga muvofiq, hududlarda aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ayrim kasalliklar o‘sishining sabablarini tahlil qilish, profilaktik choralarni kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish, aholida kasallanish xavfini kamaytirish hamda kasalliklarni erta aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganish jarayonida Qoraqalpog‘iston Tibbiyot instituti rektori Xalimov Olimbay Ashirbayevich bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida quyidagi masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi:
filial ehtiyojlari uchun homiylik asosida 4 dona mikroskop olib berish;
filialni kompyuter jamlanmalari va printerlar bilan ta’minlash;
kelgusida o‘zaro ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma xalqaro konferensiyalar hamda o‘quv seminarlarini tashkil etish.
✈️Mazkur tashabbus Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali hamda uning tarkibidagi tuman sud-tibbiy ekspertiza punktlarida ekspertiza o‘tkazish sharoitlarini tubdan yaxshilash, xodimlar uchun zamonaviy va qulay mehnat muhitini yaratish, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan