Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining bir guruh xodimlari Rossiya Federatsiyasining Pirogov nomidagi universitetida malaka oshirish va tajriba almashish dasturida ishtirok etmoqda.

✅Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–270-son qarori ijrosini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish hamda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etildi. Xususan, sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash, shuningdek “virtual autopsiya” (raqamli sud-tibbiy tekshiruv) usullarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha jahon tajribasi o‘rganilmoqda.

✅Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasida ushbu yo‘nalishda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar bilan tanishish, ularni O‘zbekiston sud-tibbiy ekspertiza tizimiga moslashtirib joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va chop etish, ularni amaliyotga keng tatbiq etish bo‘yicha ham fikr almashildi.

✅Uchrashuvlar yakunida Pirogov universitetining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bazasida sud-tibbiy ekspertiza kafedrasini tashkil etish masalasi yuzasidan ham kelishuvga erishildi.Ushbu malaka oshirish kurslari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan