Sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-sonli “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan 2025–2027-yillarda sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirish va raqamlashtirish dasturining 26-bandiga muvofiq, universitet va xorijiy hamkorlar, jumladan Hindistonlik xalqaro tashkilotlar ta’sischiligida nodavlat Raqamli sud-ekspertiza markazini tashkil etish vazifasi belgilangan.

✅Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti, Hindistonning Milliy sud ekspertiza universiteti hamda Axxonet Global Limited xalqaro kompaniyasi hamkorligida Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi tashkil etildi.

✅Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida bo‘lib o‘tgan mazkur markazning ochilish marosimida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

✈️Tadbir davomida yangi markazning asosiy yo‘nalishlari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan