➡️Farg‘ona viloyati Qo‘qon tumanida prokuratura, ichki ishlar organlari xodimlari hamda sud-tibbiy ekspertlar ishtirokida seminar tashkil etildi.
➡️Mazkur tadbirda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona viloyati Qo‘qon tumanlararo bo‘linmasi boshlig‘i R.D. Yakubjonov ham faol ishtirok etdi.
➡️Seminar davomida tergov jarayonlarida sud-tibbiy ekspertizaning o‘rni va ahamiyati, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish masalalari hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.





