Ilmiy-amaliy seminar
2022 yil 29-30 sentyabrlarda RSTEIAMda onlayn formatda “Tibbiy kriminalistika ekspertisasini zo‘raki o‘lim xolatlarida ko‘llanish muamollari” mavzusi bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar o‘tkazish rejalashtirilgan.
2022 yil 29-30 sentyabrlarda RSTEIAMda onlayn formatda “Tibbiy kriminalistika ekspertisasini zo‘raki o‘lim xolatlarida ko‘llanish muamollari” mavzusi bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Hurmatli hamkasblar, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari! Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 18.07.2022 yildagi 200-sonli buyrug‘iga asosan, sud-tibbiyoti mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturaga qabul qilish boshlanganligini eʼlon qiladi. Hujjatlarni qabul qilish uchun masʼul shaxs: O.I.Xvan. Tel: +998977188857
14.07.2022 yilda RSTEIAM Navoiy filiali xodimlari viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Navoiy shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda voqea joyini va jasadni kuzdan kechirish tartibi to‘g‘risida seminar o‘tkazdilar.
Respublika sud tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazining bir guruh malakali ekspert va shifokorlari ishtirokida seminar tashkil etildi. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Termiz filialida o‘tkazilgan tadbir sohani yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlandi.
2021 yil 6 7-may kunlari Respublika sud-tibbiy yekspertiza ilmiy-amaliy markazi mintaqaviy filiallar bilan birgalikda «Sud biologiyasining dolzarb masalalari»mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazdi. 12-14 may kunlari Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xodimlari Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatmasi asosida Surxondaryo viloyat filiali va viloyat Perinatal markazi xodimlari o‘rtasida «Komission sud-tibbiy ekspertizalarini o‘tkazish xususiyatlari» va «Hodisa va murda topilgan joyida…