Memorandum

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro’ziyev Impuls Tibbiyot Instituti rektori O.N. Xolmirzayev bilan uchrashib o’zaro ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordi. Unga muvofiq universitet bilan memorandum imzolandi. Professor- o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish. Nashrlar,ilmiy materiallar va ma’lumotlar almashinuvida hamkorlik qilish. Tegishli kafedralarning o’zaro aloqalarini ta’minlash Sud tibbiyoti va tibbiyot xuquqi kafedrasi…

Read Full News

O’zbekiston Respublikasi Harbiy prokuratura bilan hamkorlik!

Joriy yilning 21 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Harbiy prokuratura organlari tergovchilarining bilim mahorati va malakasini oshirish bo’yicha o’quv-mashg’ulotlari o’tkazish rejasiga muvofiq “Tergov poligoni” bazasida turli mavzularda amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. Amaliy mashg’ulotda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy Markazi mutaxassisi tomonidan, hodisa joyida murdani ko’zdan kechirish, ashyoviy dalillarni topish va yig’ib olish, hamda qadoqlash amaliyoti ko’rsatib berildi.

Read Full News

Namangan viloyati filialiga tashrif.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori professor Sh.I.Ro’ziyev boshchiligidagi ishchi guruh ikkinchi kuni viloyat SSB A.M.Iminov bilan uchrashib filial moddiy texnik bazasini yaxshilash va binoni joriy tamirlash muxokama qilindi. Markaz filialiga UTT tekshiruv apparati,sud-kimyo bo’limiga quritish shkafi va sentrifuga xamda sud-biologiya bo’limiga elektron mikroskop,termostat axborot kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish uchun 600 million so’m yo’naltirildi.    

Read Full News

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.Ro’ziyev boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatiga tashrifi.

Joriy yilning 20 fevral kunlari Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.Ro’ziyev boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyati filialiga o’rganish uchun tashrif buyurishdi. Ishchi guruh tomonidan filial faoliyati tanqidiy taxlil qilinib mavjud kamchiliklar va ularning yechimi ustida ish olib borishdi.    

Read Full News

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga tashrif.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tomonidan,Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga 4 dona kompyuter,1 dona fotoapparat va 2 dona printer beg’araz yordam sifatida berildi.

Read Full News

Hamkorlik.

Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi direktori professor Sh.I. Ro’ziyev Tashrif doirasida o’zaro imzolangan yo’l xaritasiga muvofiq Navoiy viloyati filialiga foydalanish uchun yangi zamonaviy tipdagi bino ajratib berildi

Read Full News

O’quv seminar.

joriy yilning fevral oyida RSTEIAM hodimlari Harbiy prokuratura tergovchi va xodimlariga  «Qotillik va boshqa jinoyatlar, oʻz joniga qasd suiqasd qilish hodisalari boʻyicha hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish, dalillarni topish va qayd etish, tintuv va boshqa xarakatlarni oʻtkazish usullari» mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Read Full News