O ‘zbekiston Respublikasi sog’ liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan ilmiy-amaliy tadbirlarni o ‘ tkazish rejasiga muvofiq, 2023-yil 11-12-sentabrda respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida Toshkent viloyat filiali tashkil etilganining 50 yilligiga bag’ishlangan «Sud – tibbiy amaliyotda laboratoriya tadqiqotlarining hozirgi holati» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o ‘ tkazildi.
Ushbu ilmiy tadbirga yetakchi xorijiy ekspert va ilmiy muassasalardan quyidagi tashrif buyuruvchilar taklif etilib, ular oflayn formatda ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar:
- Kildyushov Yevgeniy Mixaylovich – N. I. Pirogov nomidagi RMTTU sud tibbiyoti kafedrasi mudiri, t.f.d., professor.
- Tumanov Eduard Viktorovich – N. I. Pirogov nomidagi RMTTU sud tibbiyoti kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi.
- Nikishov Igor Nikolaevich – N. I. Pirogov nomidagi RMTTU sud tibbiyoti kafedrasi assistenti.
- Sergey Nekrasov-BGI kompaniyasining kriminologiya sohasidagi menejeri.
- Sangov Xurshed Maxmadsharifovich-Tojikiston Respublikasi sud-tibbiy yekspertiza markazi direktori.
- G‘aniev Furkat Inomjonovich-Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati «sud-tibbiy ekspertiza markazi» Davlat muassasasi direktori, tibbiyot fanlari nomzodi.

Konferensiya doirasida ma’ruzalar o’qish va mahorat darslari o’tkazish tashkil etildi.