Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy Markazi direktori Sh.I.Roʼziev boshchiligida ishchi guruhi
2025-yil 3-yanvar kuni Navoiy viloyat filialiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Navoiy viloyat Sogʼliqni
saqlash boshqarmasi boshligʼi N.N.Safoev bilan muzokaralar oʼtkazildi. Muzokaralar davomida filialning
moddiy texnik bazasini mustahkamlash boʼyicha bir qator muammolar hal qilindi. Jumladan filialda joriy
yilda 2 ta maxsus avtomashina, UTT va rentgen apparati, murdalarni saqlash uchun ikki dona muzlatgich,
murdalarni MSKT tekshiruvidan oʼtkazish ilmiy-amaliy loyihasini boshlash, sud-gistologik boʼlimni 2 ta
yangi mikrotom(muzlatgichli ,sani) bilan jihozlash va filialni zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlash rejalashtirildi.
Shu yilning oʼzida RSTEIАM Navoiy filialining yangi zamonaviy binosini qurish boʼyicha kelishib olindi.
