Sud-tibbiyoti sohasida oʼtgan yil sarhisobi boʼyicha joriy yilning 9 yanvar kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida
oflayn va onlayn rejimida markazning Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali rahbarining hisoboti tinglandi. Mazkur filial tomonidan oʼtgan

2022-2024 yil davomida rejaga muvofiq bajarilgan ishlar va kelgusi 2025-2027 yilda bajarilishi koʼzda tutilgan ish rejalari va ularni amalga oshirish boʼyicha
ishlab chiqilgan chora-tadbirlari muhokama qilindi, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I.Ro’ziyev tomonidan
kelgusi rejalarni amalga oshirish boʼyicha topshriqlar berildi.