Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I.Ruziyev Markazning Farg’ona viloyati filialiga tashrif buyurdi.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida o’tgan yil sarhisobi bo’yicha markazning hududiy filiallari rahbarlarining hisobotlarini tinglab, sud-tibbiy ekspertiza muassasalaridagi muammolarni yechimi bo’yicha 10 yanvar kuni RSTEIAM direktori Sh.I.Ruziyev Markazning Farg’ona viloyati filialiga tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida Farg»ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori A. Sidikov bilan uchrashdi. Institut bilan yaqindan hamkorlik qilishga erishdi.


Markaz bilan institut urtasida o’zaro ilmiy-amaliy shuningdek mutaxasislik bo’yicha kadrlar tayorlash masalalari kelishib olindi.
Shu kuning o’zida Institut tomonidan markazning Farg’ona viloyati filialiga gazli, suyuq va qattiq jismlarni
sud kimyo tekshiruvlarini o’tkazishga moslashgan yangi xromatogrof apparatlari beg’araz yordam sifatida taqdim etildi.
Shuningdek institut rahbari bilan 2025 yil davomida o’zaro ilmiy-amaliy hamkorlik doirasida gen-molekulyar tadqiqotlarni o’tkazish uchun DNK apparatini olish va uni ishga tushirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan