Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan 90 kunlik dastur doirasida amalga oshirilishi belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan yig’ilish .

🕊Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-maydagi farmoniga asosan, tibbiyot tizimida sifatli o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida belgilangan ustuvor vazifalari muhokama qilindi prezident topshirig‘iga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan 90 kunlik dastur doirasida amalga oshirilishi belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan yig’ilish o’tkazdilar. Yig’ilishda ushbu chora tadbirlar muhim bir qadam bo‘lganligi ta’kidlandi. Bu yig‘ilishda, dasturning amalga oshirilish jarayoni, maqsadlari va o‘zgarishlarni qanday boshqarish masalalari muhokama qilinib, markaz ma’muriyati o’z oldiga qo’ygan reja topshiriqlarni bajarish bo’yicha aniq ko’rsatmalar berdilar.
Ushbu yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama chiqildi:
1. Dasturning maqsadlari va vazifalari:
Sog‘liqni saqlash tizimida sud-tibbiy ekspertiza sohasini samaradorligini oshirish, tibbiy xizmatlarning sifatini yaxshilash, hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
Sud-tibbiy ekspertiza tizimini takomillashtirish, ekspertlarning malakasini oshirish va xalqaro tajribani o‘rganish.
2. Dastur bo‘yicha yirik muammolar va ularni hal qilish yo‘llari:
Sud-tibbiy ekspertiza tizimida mavjud bo‘lgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun aniq choralar ko‘rish.
Sud-tibbiy ekspertiza personalning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar va yangi usullarni joriy etish.
3. Resurslar va infratuzilma:
Dastur amalga oshirilishida zarur bo‘lgan moliyaviy, texnik va inson resurslarini belgilash.
Sud-tibbiy ekspertiza muassasalarda yangi texnologiyalarni va tibbiy uskunalarni joriy etish.
4. Raqamli texnologiyalar va elektron tizimlar:
Raqamli tibbiyot tizimini rivojlantirish, elektron tibbiy kartalar va ma’lumotlar bazasini yaratish.
Tibbiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirish.

5. Monitoring va natijalarni baholash:
Dasturga oid harakatlar va natijalarni doimiy ravishda kuzatish va baholash tizimini yaratish.
Natijalar asosida zarur o‘zgartirishlar kiritib boriladi.
 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan