ilmiy kengash

joriy yilning 9 iyun kuni Respublika sud-tibbiy ilmiy-amaliy markazida navbatdagi ilmiy kengash o‘tkazildi. Ilmiy kengash kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Yangi tahrirdagi «Amallarni bajarish yo’riqnomasini» tasdiqlash — Bu, sud-tibbiyoti amaliyotining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Yangi tahrirdagi yo’riqnoma, yangilangan amallar va usullar bilan tanishishni osonlashtiradi, shuningdek, mutaxassislarning ishini samarali tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
🔹Ilmiy izlanishlar va ishlanmalarning amaliyotga joriy etilishi — Joriy yilning 5-iyun kuni yangi tashkil etilgan Toshkent davlat tibbiyot universiteti binosida bo’lib o’tgan uchrashuvda Sog’liqni saqlash vazirining ilmiy izlanishlar va ishlanmalarni bevosita amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida markazda olib borilayotgan ilmiy ishlarni chuqur tahlildan o‘tkazish va ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan maxsus ekspert kengashi tuzish masalasi muhokama etildi.
🔹Ekspert kengashi tashkil etilishi — Professor S.Indiaminov boshchiligida tashkil etilgan ekspert kengashi, mavjud ilmiy ishlarni tahlil qilish va ularga tavsiyalar berish orqali, sud-tibbiyot amaliyotidagi yangiliklarni nazorat qilish va eng samarali usullarni amaliyotga joriy etishni ta’minlaydi. Ekspert kengashining tavsiyalari Markaz Ilmiy kengashida ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan