Hamkorlik.

Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔹Uchrashuv davomida jinoyatlarni tergov qilish jarayonida sud-tibbiy ekspertizaning ilmiy-amaliy asoslarini yanada takomillashtirish, zamonaviy ekspertiza texnologiyalarini joriy etish va sohaga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

🔹Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, malaka oshirish kurslari tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar va o‘quv dasturlarini birgalikda olib borish borasida kelishuvga erishdilar. Shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza sohasi vakillari va Ichki ishlar vazirligi tizimidagi xodimlar o‘rtasida tajriba almashish, seminar-treninglar o‘tkazish rejalashtirildi.

🔹Uchrashuv yakunida professor Sh.I. Ro‘ziyev huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida sud-tibbiy ekspertizaning o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidladi va bu yo‘nalishda tizimli hamkorlik samaradorligini oshirish muhimligini qayd etdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan