O‘zbekiston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza xizmatining 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tmoqda.
Bugun, Andijon viloyatining Honobod shahrida, O‘zbekiston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza xizmatining tashkil topganligiga 75 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari, soha faxriylari hamda bir qator davlatlardan – Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Qozog‘istondan tashrif buyurgan ekspertiza xizmatlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida sud-tibbiy ekspertiza tizimining so‘nggi yillardagi yutuqlari, xalqaro hamkorlik istiqbollari hamda ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi yuzasidan muhim masalalar muhokama qilinmoqda.
Bu kabi uchrashuvlar sud-tibbiy ekspertiza tizimini yanada takomillashtirish, malaka oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza xizmatining 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tmoqda