Hamkorlik

Joriy yilning 19 iyun kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev Ichki ishlar vazirligi mas’ullari bilan raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazdilar.

Uchrashuvda sud-tibbiy ekspertiza sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish hamda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion yechimlarni tatbiq etish va ish jarayonlarini yanada raqamlashtirish borasida kelishuvlarga erishdilar.Mazkur uchrashuv sud-tibbiy ekspertiza tizimining raqamlashtirilishini rivojlantirish va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan