xalqaro ISO sertifikatini olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev ISO sertifikatini olish bo‘yicha mutaxassislar bilan uchrashdi
Joriy yilning 21 iyun kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev xalqaro ISO sertifikatini olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tegishli soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tashkilotda sifat menejmenti tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, ISO 9001:2015 standarti talablarini joriy etish, hujjat aylanishi va ichki audit jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Mutaxassislar tomonidan sertifikatlash jarayonining bosqichlari, talablar va tashkilot oldida turgan vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, markaz xodimlarining malakasini oshirish va ichki sifat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur uchrashuv sud-tibbiy ekspertiza sohasida xalqaro tajribani joriy etish va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan