Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining ilmiy jurnali xalqaro reyting tizimlariga kiritish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
✅Ilmiy-amaliy markaz huzurida nashr etilayotgan ilmiy jurnalning xalqaro miqyosda tan olinishi, uning ilmiy maqomining oshishi, shuningdek, jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi maqsadida jurnalni quyidagi xalqaro indeksator va reyting tizimlariga qo‘shish bo‘yicha zaruriy texnik, huquqiy va ilmiy ishlar amalga oshirildi:
✅Jurnalga ISSN (International Standard Serial Number) olindi;
Maqolalarga DOI (Digital Object Identifier) biriktirish ishlari yo‘lga qo‘yildi;
Jurnalning tahrir hay’ati kengaytirilib, xorijiy olimlar jalb qilindi;
Ilmiy maqolalar uchun ochiq retsenziyalash (peer-review) tizimi joriy etildi;
Jurnalning zamonaviy veb-sayti ishga tushirildi va Google Scholar, DOAJ, Index Copernicus kabi ochiq indeksatorlarga texnik moslashtirish ishlari bajarildi;
✅Yaqin vaqt ichida jurnalni Scopus va Web of Science bazalariga tavsiya etish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.
Mazkur tashabbuslar Respublika sud-tibbiy ekspertiza tizimi rivojlanishida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish, tibbiy va huquqiy ekspertiza yo‘nalishida ilg‘or tajribalarni yoyish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.