Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida qat’iy intizom, tartib va xizmat madaniyatini joriy etish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida qat’iy intizom, tartib va xizmat madaniyatini joriy etish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4 iyul kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev rahbarligida muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Unda markazda qat’iy intizom o‘rnatish, xizmat tartibi va madaniyatini yanada yuksaltirish mezonlarini belgilash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida tibbiyot muassasalarida intizomiy muhitni mustahkamlash, xodimlarning ichki tartibga rioya qilishi, kasbiy madaniyat, muomala odobi, tashqi ko‘rinish va xizmatga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish kabi muhim jihatlar alohida ko‘rib chiqildi.
Sh.I. Ro‘ziyev tibbiyot xodimlari tomonidan xizmat vazifasini halol va vijdonan bajarish, bemorlar va fuqarolar bilan muomala madaniyatini yuqori darajada saqlash zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, bu borada rahbarlar va bo‘linma mudirlariga aniq vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida xizmat intizomini mustahkamlash, tartib va madaniyatni yanada yuksaltirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilab olindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan