Tojikiston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza markazi rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurdi

Joriy yilning 5 iyul kuni Tojikiston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza markazi rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga rasmiy tashrif amalga oshirdi.
🔴Tashrif davomida tomonlar sud-tibbiy ekspertiza sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar, tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot ishlari va kadrlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
🔴Mehmonlar markaz olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar bilan tanishdilar. Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir kelishuvlarga erishildi.Ma’lumki fevral oyidagi o‘zaro imzolangan anglashuv memorandumiga muvofiq birinchi yarim yillikda 10 ming aqsh dollariga teng kichik ilmiy loyiha yakuniga yetkazilgan bo‘lib, bugungi uchrashuvda ikkinchi yarim yillikda xam markaz tomonidan yana 10 ming aqsh dollariga teng kichik ilmiy loyiha o‘zaro amaliyotga tadbiq etilishi kelishib olindi.
🔴Shuningdek mexmonlar markazda markaziy osiyo sud-tibbiy ekspertlar assosatsiyasini tashkil etishni va uni boshqarishni taklif etishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan