Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. I. Ro‘ziyev “Fortek” kompaniyasi direktori bilan uchrashdi

Joriy yilning 8 iyul kuni Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. I. Ro‘ziyev “Fortek” kompaniyasi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv doirasida sud-tibbiy ekspertiza sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, innovatsion uskunalar va dasturiy ta’minotlarni qo‘llash, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, sud-tibbiy ekspertiza jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha rejalarni belgilab oldilar.
Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi hamda kelgusida hamkorlik istiqbollarini belgilovchi muhim qadam bo‘ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan