Toshkent shahrida “Sud-ekspertiza muassasalarining salohiyatini mustahkamlash – O‘zbekiston Respublikasi – III bosqich” mavzusida BMT UNP loyihasi milliy sheriklarining ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish quyidagi kun tartibi asosida tashkil etildi:
1. Ochilish va salomlashish
2. Loyihaning borishi to‘g‘risida ma’lumot
Ma’ruza bilan M. Sultonov, BMT UNP dasturining milliy koordinatori chiqdi.
3. Milliy sheriklarning nutqlari
2026–2027-yillarda hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda quyidagi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, o‘z fikr va takliflarini bildirishdi:
⏺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Giyohvand moddalar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi
• Adliya vazirligi huzuridagi
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
• Ichki ishlar vazirligining
Bosh ekspert-kriminalistika markazi
• Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi
• Bojxona qo‘mitasining
Markaziy bojxona laboratoriyasi
• Iqtisodiyot va moliya vazirligi
• Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi
• Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi
Ekspert-kriminalistika bo‘limi
• Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
• Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
• Ichki ishlar vazirligining malaka oshirish instituti
⏺Muhokama va xulosa
Tadbir davomida barcha ishtirokchi tashkilotlar rahbarlari nutq so‘zlab, loyihaning hozirgi holati, dolzarb ehtiyojlar va kelgusi hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashishdi.
