Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.
🔹Muhokama davomida qarorda belgilangan vazifalar, jumladan sud-ekspertlik faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, hamda davlat sud-ekspertiza muassasalarida yangi ekspertiza va tadqiqot turlarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔹Uchrashuv yakunida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, zarur takliflarni ishlab chiqish va mas’ul shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
